Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiyada skottish va sfinks naslli mushuklar sotuviga chek qo‘yildi

Niderlandiyada skottish va sfinks naslli mushuklar sotuviga chek qo‘yildi

foto: chatgpt

Niderlandiyada Scottish Fold (shotland mushugi) va hairless cats (sfinks — junsiz mushuklar)ni ko‘paytirish, sotish va import qilish taqiqlandi. Bu qaror ularning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq jiddiy genetik muammo sabab qabul qilindi.

“The Nation” nashri xabariga ko‘ra, faqat chiplangan mushuklar o‘z egalari qaramog‘ida umrining oxirigacha qolishi mumkin. Ushbu taqiq hayvonlarni asrashga qaratilgan keng qamrovli siyosatning bir qismi bo‘lib, azob-uqubat keltiruvchi  instagramda yangi paydo bo‘layotgan reklama yoki odatlarga qarshi qaratilgan.

Taqiq sabablari quyidagilardan iborat: quloqlari qayrilgan shotland — skottish naslli mushukning genetikasi mutatsiyalashuvi tog‘ay va bo‘g‘imlarda nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Bu esa artrit xastaliklari, og‘riq, dum va umurtqa bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Junsiz mushuklarda esa himoya qatlamining, ya’ni mo‘ynaning yo‘qligi tana haroratini boshqarishni qiyinlashtiradi hamda teri kasalliklari va virus yuqtirish xavfini oshiradi.

Ushbu taqiqni Niderlandiya veterenarlar assotsiatsiyasi va Yevropa veterinariya shifokorlari uyushmasi  qo‘llab-quvvatladi.

Mushuklarga tanlov, ko‘rgazmalarda ishtirok etish ham taqiqlanadi — hech qanday istisnolarsiz.

Taqiqni buzganlarga 1500 yevro miqdorida jarima belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring