Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov O‘zbekistonda vabo aniqlangani bo‘yicha xabarlarni izohladi

Nurmat Otabekov O‘zbekistonda vabo aniqlangani bo‘yicha xabarlarni izohladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar yolg‘on. 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Afg‘onistonda aniqlangan vabo kasalligi O‘zbekistonga kirib kelgani haqida tarqalgan ma’lumotlar mutlaqo yolg‘on. O‘zbekistonda shu paytga qadar biror marta vabo kasalligi aniqlanmagan.

Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og‘irlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o‘tkir infeksion o‘ta xavfli ichak kasalliklaridan biri xisoblanadi.

Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo bo‘lgan va u yerda turmush sharoiti og‘ir bo‘lganligi uchun aholining boshqa davlatlarga ko‘chib ketishi barobarida kasallik dastlab Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga tarqalgan.

1823-1925-yillarda Rossiyada Vabo epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston o‘lkasiga Vabo, asosan, Afg‘oniston va Erondan o‘tgan. Vaboning klassik Vabo va El-Tor Vabosi degan 2 turi bor.

Shunga ko‘ra, Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik Vabo vibrioni va ElTor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi.

Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha,

muzda bir necha oy,

ariqlarda bir necha kun,

dengiz suvida ikki hafta,

sovuq vaqtda najasda bir necha oy,

axlat chuqurlarida 3 oygacha,

ichki kiyimlarda 2 oy,

qum tuproqda bir necha oy,

suv havzalarida 15—30 kun,

sut va yog‘da bir oygacha,

kartoshkada 2 haftagacha,

ho‘l mevada bir necha kungacha tirik qolishi mumkin.

Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez o‘ldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez o‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring