Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy Majlis deputati YTHda halok bo‘ldi

Oliy Majlis deputati YTHda halok bo‘ldi

Foto: «Gazete.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Sobit Tursunov Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan avtomobil halokati oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Yo‘l transport hodisasi 7 iyul kuni Sobit Tursunov yo‘nalish taksisida Samarqand viloyatiga suv ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rganish uchun xizmat safariga ketayotgan paytida sodir bo‘lgan.

Sobit Tursunov 1973 yili tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti (1994) va Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2012) tamomlagan. Qonunchilik palatasida O‘zbekiston ekologik harakatining vakili hisoblangan. Sanoat, qurilish va savdo masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zosi hisoblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring