Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin 20 kun ichida 15 foizga qimmatlashdi

Oltin 20 kun ichida 15 foizga qimmatlashdi

Illyustrativ foto

Comex birjasida (Nyu-York tovar birjasi bo‘linmasi) fevral uchun oltin fyucherslari narxi tarixiy maksimumni yangilab, bir troya unsiyasi uchun 5 200 dollardan oshdi.

Toshkent vaqti bilan soat 06:40 holatiga ko‘ra, qimmatbaho metall narxi 2,41 foizga oshib, bir troya unsiyasi uchun 5 205,1 dollarni tashkil etdi. 06:45 ga kelib, oltin narxi 5 216,7 dollargacha (+2,64 foiz) o‘sishni tezlashtirdi.

Soat 07:32 da yana bir rekord qayd etildi — 5 224,2 dollar.

Eslatib o‘tamiz, 18 kun avval oltinning narxi tarixda ilk marotaba 4 500 dollardan oshgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring