Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabni 1,5 yilda tamomlagan 8 yoshli bolakay universitetga o‘qishga kirdi

Maktabni 1,5 yilda tamomlagan 8 yoshli bolakay universitetga o‘qishga kirdi

Foto: «Hurriyet»

Belgiyada o‘rta maktabni 1,5 yilda tamomlagan 8 yoshli bolakay universitetda o‘qishni davom ettiradi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

«BBC» ma’lumotlariga ko‘ra, 6 yillik umumiy ta’limni 1,5 yilda tugatgan 8 yoshli Laurent Simons endilikda o‘qishni universitetda davom ettiradi. Bolakayning bilim saviyasi IQ testi bo‘yicha 145 ballga teng.

Belgiyaning «RTBF» radiosiga intervyu bergan bolakay eng sevimli fani matematika ekanini, dastlab shifokor yoki astronavt bo‘lishni orzu qilganini aytgan.

Litseyni tamomlagan Simons 2 oylik ta’tildan keyin universitetda o‘qiy boshlaydi.

Laurentning otasi o‘g‘li aslo o‘yinchoq o‘ynamaganini ma’lum qilgan.

«O‘g‘lim ertaga duradgor bo‘laman desa ham albatta uning bu ishni uddalashiga ishonaman», – degan Simonsning otasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring