Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqcha vaznni yo‘qotishda yordam beradigan besh mahsulot

Ortiqcha vaznni yo‘qotishda yordam beradigan besh mahsulot

Parhezshunos Larisa Gabdulxakova ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan besh oziq-ovqat haqida ma’lumot berdi. 

Diyetolog fermentlangan ovqatlarni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Tuzlangan karam, kvas va kefirda ko‘p miqdorda tolalar, foydali bakteriyalar mavjud. Bularning barchasi ichak faoliyatini yaxshilaydi va metabolizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, fermentlangan ovqatlar yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Sabzavotlar, mevalar, tolaga boy har qanday oziq-ovqat vazn yo‘qotish uchun foydalidir. Ular ichak faoliyatini yaxshilaydi va toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi va bu vazn yo‘qotish uchun asosdir, deb ta’kidladi mutaxassis.

Uchinchi o‘rinda omega-3 yog‘ kislotalariga boy ovqatlar, shu jumladan yog‘li baliq yoki ikra kiradi. Diyetologning fikriga ko‘ra, Omega-3 yog‘ kislotalari sog‘lom vazn uchun asosdir. Bundan tashqari, ular miya faoliyatini va terining va qon tomirlarining holatini yaxshilaydi.

Keyingi o‘rinda yod miqdori yuqori bo‘lganligi sababli qalqonsimon bezga yaxshi ta’sir ko‘rsatadigan va sog‘lom metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydigan dengiz o‘tlari turadi. Diyetaning yana bir muhim qismi hayvon oqsilidir. U metabolizmni tiklaydi va mushaklarni mustahkamlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring