«Viber» asoschilari O‘zbekistonga keladi

AQSh, Isroil va Belarusning axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi ekspertlari «Mirzo Ulugbek Innovation Center» taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga kelishyapti. Bular orasida «Viber» asoschilari — Marko Talmon va Igor Magazinnik, «Strategeast» kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin hamda AQShning «International Tax and Investment Center» kompaniyasi mintaqaviy direktori Muhit Axanovlar bor.
Tashrif 28-29-may kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi o‘tgan yilning sentyabr oyida AQShga borganida kelishib olingandi.
Ekspertlar O‘zbekistonga nafaqat tanishish maqsadida kelishyapti, balki amaliy ahamiyatga ega rejalari ham bor:
- Xususan, ular O‘zbekistondagi soliq qonunchiligi va islohotlari bilan tanishadilar, xalqaro tajriba asosida axborot texnologiyalari jihatidan uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
- IT-sohada biznesni rivojlantirish bo‘yicha «MUIC» rezidentlariga maslahatlar berish.
- O‘zbekistonda dunyo bozoridagi eng talab yuqori yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli IT-kurslar ochishni mo‘ljallashyapti.
«Viber» kompaniyasi vakillari, shuningdek, mamlakatimiz axborot texnologiyalari bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritishni rejalashtiryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter