O‘tgan oyda 86,5 mlrd so‘mlik energiya resurslari o‘g‘irlangan

Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 86,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 179 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 36,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (58,9 mlrd so‘m) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 86 milliard 571 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 476 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter