Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan soatlar ichida yettita hududda koronavirusdan kasallanganlar qayd etildi

O‘tgan soatlar ichida yettita hududda koronavirusdan kasallanganlar qayd etildi

2020-yil 4-oktyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58421 (+183) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 81 nafari Toshkent shahrida,
  • 28 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Toshkent viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 13 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 54854 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3088 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring