O‘zbekiston fuqarosida «omikron» shtammi aniqlandi
O‘zbekistonlik bir fuqaroda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Janubiy Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligining xabarida ma’lum qilingan.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, «omikron» shtammi 24 noyabr kuni Nigeriyadan Janubiy Koreyaga qaytgan er-xotinda aniqlangan. Er-xotinni aeroportdan uyiga o‘zbekistonlik tanishi olib borgan.
Er-xotinda kasallik aniqlaganini eshitgan yurtdoshimiz o‘z ixtiyori bilan test topshirgan, birinchi safar ijobiy natija qayd etilgan. Shundan so‘ng uning isitmasi ko‘tarilgan va ikkinchi marta test natijalari infeksiya yuqtirganini tasdiqlagan.
Bu vaqt ichida Koreyaning ikki, O‘zbekistonning bir fuqarosi va ularning oila a’zolari 270 ga yaqin kishi bilan aloqada bo‘lishgan.
Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 tashxisi qo‘yilganidan bir kun avval u Incheon shahridagi masjidga borgan. U yerda 400 dan ortiq xorijiy fuqarolar yig‘ilgan.
Hozirgi vaqtda kasallangan fuqaro bilan ko‘rishganlarning barchasi tekshiruvdan o‘tishlari kerakligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter