Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston gandbol jamoasi Osiyo chempionatidan chetlashtirildi

O‘zbekiston gandbol jamoasi Osiyo chempionatidan chetlashtirildi

O‘zbekistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan O‘zbekiston jamoasi chetlashtirildi.

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari boshlanishiga bir kun qolganda O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi barcha natijalari bekor qilingan.

Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, mamlakatimiz terma jamoasida bir qator o‘yinchilarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan.

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bu borada Xalqaro gandbol federatsiyaga apellyasiya xati jo‘natgani aytilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring