Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent-Jidda reysini ochishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent-Jidda reysini ochishni rejalashtirmoqda

Foto: «Xalq so‘zi»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori Baxtiyor Hakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov bilan uchrashdi. Unda «Ziyorat-turizm» dasturini amalga oshirish masalasi muhokama etilgan.

Kompaniya rasmiy saytida yozilishicha, uchrashuvda «Ziyorat-turizm» dasturi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish bilan shug‘ullanib kelayotgan sayyohlik kompaniyalari vakillari ham ishtirok etgan. Ma’lum qilinishicha, dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 2018−2019-yillar qishki navigatsiya davridan Toshkent-Jidda-Toshkent reysini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga bir marta «O‘zbekiston havo yo‘llari» doimiy qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Reyslar «Boeing 767» va «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlarida amalga oshiriladi. Bunda ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari sayyohlarini O‘zbekistonga jalb qilish uchun Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent reyslari bilan qulay tranzit reyslarini hisobga olish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring