Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga rus gazi importi 4 barobargacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonga rus gazi importi 4 barobargacha oshirilishi mumkin

2025-yilda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini to‘rt barobarga oshiradi. Bu haqda Vladimir Putin 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ayni paytda «Markaziy Osiyo – Markaz» quvurlari tizimining quvvatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu esa kelgusi yilda O‘zbekistonga tortiladigan gaz hajmini 11 milliard kub metrgacha yetkazish imkonini beradi.

Putin, shuningdek, gidroenergetika sohasidagi istiqbolli hamkorlik xususida ham ayrim ma’lumotlarni ochiqlagan.

«Gidroenergetika sohasida hamkorlikning ham umidli istiqbollari mavjud. «Rusgidro» O‘zbekistonga mamlakat energetika balansini tenglashtirish va O‘zbekistonning butun energetika tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moslashuvchan ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda yordam ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali «Gazprom» dan 300 mln kub metr gaz yetkazib berildi

Kun tartibida Aydarko‘l va Qorateren ko‘llarida umumiy ishlab chiqarish quvvati bir gigavatt bo‘lgan ikkita yirik nasosli akkumulyator elektr stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan», – deydi Rossiya yetakchisi.

Uning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston energetika sohasi uchun «yaxshi va jiddiy hissa» bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekistonga Rossiyadan Qozog‘iston orqali gaz tranziti 2023 yil oktyabr oyidan boshlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring