Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston joriy yilda Rossiyadan 300 ming tonna neft sotib oladi

O‘zbekiston joriy yilda Rossiyadan 300 ming tonna neft sotib oladi

O‘zbekiston rossiyalik hamkorlar, jumladan «Gazprom neft» bilan 2023 yilda 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda 25 aprel, seshanba kuni energetika vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ubaydullayev ma’lum qilgan.

«Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan doimiy ishlaymiz, masalan, «Gazprom neft» bilan 2023-yilda respublikaga 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi», – deYdi Ubaydullayev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi tadbirda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning boshqa kompaniyalari, xususan, «Tatneft» bilan uning respublikadagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ubaydullayev, shuningdek, O‘zbekistondagi neft va gaz kompaniyalarining 30 foizdan ortig‘i Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilganini aytdi.

«Bugungi kunda respublika neft-gaz sanoatining eng yirik investori «Lukoyl» kompaniyasi bo‘lib, mahsulot taqsimoti bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshirilgan ikkita loyihaga 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritgan», – deydi A.Ubaydullayev. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring