Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston «Stranja-2023»da tengsiz bo‘ldi

O‘zbekiston «Stranja-2023»da tengsiz bo‘ldi

Kecha, 26 fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Stranja-2023» turniri yakuniga yetdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada 7ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza, jami 18ta medal jamg‘ardi. Bu natija O‘zbekistonga umumjamoa hisobida 1-o‘rinni taqdim etdi.

E’tiborlisi, turnirda Bahodir Jalolovga qarshi ketma-ket uch raqib jang qilishni istamadi va deyarli janglarsiz (faqat birinchi bosqichda bitta jang o‘tkazgan) chempion bo‘ldi.

Natijalar:

Oltin medal: -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev; -51 kg: Hasanboy Do‘smatov; -63.5 kg: Mujbillo Tursunov; -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev; -71 kg: Saidjamshid Ja’farov; -86 kg: Shohjahon Abdullayev; +92 kg: Bahodir Jalolov.

Kumush medal: -54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov; -60 kg: Adhamjon Muhiddinov; -63.5 kg: Ruslan Abdullayev; -67 kg: Bekzod Hamidov; -48 kg: Saidaxon Rahmonova

Bronza medal: -60 kg: Shunqor Abdurasulov; -60 kg: Dilshod Abdumurodov; -63 kg: Xadichabonu Abdullayeva; -71 kg: Nurislom Ismoilov; -75 kg: Havasbek Asadullayev; -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring