Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 4K – bo‘lajak ta’lim tamoyili taqdim etildi (foto)

O‘zbekistonda 4K – bo‘lajak ta’lim tamoyili taqdim etildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishmoqda.

Yangi avlod darsliklari taqdimotida tanishtiriladigan o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK)  asosini  Tanqidiy fikrlash, Jamoaviy ishlash,  Ijodkorlik (Kreativlik) va Muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (4K) tamoyili tashkil etadi.

Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan  namunaviy  topshiriqlar o‘rganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA).

O‘quv metodik komplekslar faol o‘quv jarayoni uchun to‘liq materiallar to‘plami: darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Estudy elektron ta’lim platformasi ham ushbu tizimga uyg‘un tarzda qiritilgan. U matematika, tabiatshunoslik, informatika kabi fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarni hamda egallangan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Platformadan dars davomida ham, bo‘sh vaqtda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilar uning yordamida o‘zlashtirgan materialni mustahkamlash bilan birga, mustaqil ravishda dasturdan ilgarilab ketishlari ham mumkin. Platforma TAS-IX tarmog‘ida joylashtirilgan, bu esa undan bepul foydalanish imkonini beradi.

O‘quv-metodik komplekslar Android, IOS platformalari va «Matematika» va  «Alifbo» mobil ilovalari uchun o‘zbek va rus tillarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega interfaol  o‘quv dasturini  ham o‘z ichiga oladi.

E’tiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan  foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.

Bu o‘quvchilarni fanga yanada ko‘proq qiziqtirish hamda bugungi o‘smirlar hayotida muhim bo‘lgan gadjetlarni  foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi 1 marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi.

Ushbu darsliklarda nafaqat  fanlar, balki 21-asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi.

Ayni damda kitoblar yosh psixologiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan. Masalan, birinchi sinfda ta’lim jarayoniga ko‘proq o‘yin orqali yondashiladi, ma’lumotlar  asosan ko‘rsatish-vizual tarzda yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring