Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pensionerlar uchun ID-karta joriy etiladi

O‘zbekistonda pensionerlar uchun ID-karta joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimizda «SMS-pensiya» xizmati orqali fuqarolarga ularning pensiya miqdorlari, to‘lov amalga oshirilganligi, shuningdek, oshirilgan pensiyalar to‘g‘risida bepul SMS-xabarlarni olish imkoniyati yaratilgan. Ushbu xizmatdan hozirda 1,8 mln. pensioner foydalanmoqda.

Shuningdek, Moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to‘lovlari avtomatlashtirish maqsadida pensionerlarning elektron guvohnomasi — ID-kartasini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Elektron hukumat» markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2018-yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga faqat elektron shaklda xabar yubora boshlashadi, bu ortiqcha qog‘ozbozlikdan qutilishga yordam berishi tayin. Bundan tashqari, 2018-2019-yillarda «Elektron hukumat», Sug‘urta badali to‘lovchilarning shaxsiy hisobini yuritish bazasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish orqali masofaviy tarzda (jamg‘armaga kelmasdan) ariza berish orqali pensiya va nafaqalarni tayinlash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Pensiya» dasturiy majmuasi 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasini o‘ziga qamrab olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring