Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda quyosh tutilish hodisasi kuzatiladi

O‘zbekistonda quyosh tutilish hodisasi kuzatiladi

Seshanba, 25-oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zFA.

Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to‘sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.

Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin. 

O‘zbekistonning hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68 foizini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21 darajani tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring