O‘zbekistonda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar yana yopib qo‘yilishi mumkinmi?
Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi zalida «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilayotgan bahs-munozaralarning navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish» mavzuida o‘tayotgan anjumanda AOKA direktori Komil Allamjonov O‘zbekistonda so‘z erkinligi vaqtinchalik deya aytilayotgan fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi:
«Bizda endi orqaga yo‘l yo‘q. So‘z erkinligi davri tez tugaydi, OAV, ijtimoiy tarmoqlar yopiladi deyish noo‘rin. Yo‘q, biz orqaga qaytmaymiz. Internet rivojlanib borayotgan davrda boshqa yo‘limiz ham yo‘q. O‘zbekistonda so‘z erkinligini mustahkam o‘rnatish davom etiladi. O‘zbekiston qayta yopilmaydi. Bizning Agentligimiz bor ekan, bunga yo‘l qo‘ymaymiz», deya ta’kidladi Komil Allamjonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter