Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir xorijiy avtomobil brendini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda yana bir xorijiy avtomobil brendini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

«Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida «JAC Motors Toshkent» qo‘shma korxonasi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Brendning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlangan ilk modeli — JAC M3 avtomobilini yig‘ish liniyasi rasman ishga tushirildi.

Zavodda Xitoy bilan hamkorlikda ichki yonuv dvigatelli, gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqariladi.

Loyiha qiymati 135 mln AQSh dollari bo‘lib, umumiy 30 gektar maydonda ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda 35 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, yillik 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega SKD zavodi ishga tushirildi hamda 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ikkinchi bosqichda esa to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega CKD zavodini barpo etish, yillik quvvatni 30 ming dona avtomobilga yetkazish va qariyb 1000 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Kelgusida Toshkentda JAC M3, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring