Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga necha yoshdagi turistlar ko‘proq kelmoqda?

O‘zbekistonga necha yoshdagi turistlar ko‘proq kelmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadida jami 6 million 565 ming 410 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan.

Hisobot davrida mamlakatga dunyoning 205 davlati fuqarolari kelgani qayd etildi.

Erkak turistlar soni 3 million 627 ming 564 nafarni tashkil etgan. Ayol turistlar esa 2 million 937 ming 846 nafar bo‘lgan.

Yosh toifalari bo‘yicha eng katta ulushni 31–55 yosh oralig‘idagi turistlar tashkil qildi. Ushbu guruhga mansub mehmonlar soni 3 million 390 ming 402 nafarga yetgan.

56 yosh va undan katta turistlar soni 1 million 307 ming 741 nafarni tashkil etgan.

19–30 yosh toifasidagi sayyohlar 1 million 89 ming 647 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 0–18 yoshli mehmonlar soni 777 ming 620 nafar etib qayd qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring