Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik para suzuvchi jahon chempionatida ilk bor oltin medalga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik para suzuvchi jahon chempionatida ilk bor oltin medalga sazovor bo‘ldi

Yegor Bolotov 100 metrga chalqancha suzish dasturida jahon chempioniga aylandi.

Singapur mezbonlik qilgan para suzish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yegor Bolotov oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi 100 metr masofaga chalqancha suzish dasturida 58.97 soniyada marra chizig‘iga yetib bordi. Bu natija bilan barcha raqiblaridan ustun keldi va terma jamoa hisobiga ikkinchi medalni taqdim etdi.

Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik erkak sportchi bo‘ldi.

Yegor kecha 100 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring