Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs bo‘yicha Rossiya tomoniga nota yuborildi – TIV

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs bo‘yicha Rossiya tomoniga nota yuborildi – TIV

O‘zbekiston TIV Rossiyaga o‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs bo‘yicha nota yubordi. Bu haqda vazirlik rasmiysi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Burhonovning ma’lum qilishicha, Rossiya TIVga yo‘llangan rasmiy notada videodagi shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish so‘ralgan.

«O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi. Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha’ningiz xorijda buzilsa, darhol o‘sha mamlakatning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, shuningdek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — dedi vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda internetda bir rossiyalik bir fuqaroni tinimsiz haqorat qilayotgani, unda ikki marta O‘zbekiston nomi tilga olinib, haqoratlanayotgan ishchining o‘zbekistonlikligiga ishora qilingani va «sen ruslarning qulisan» deb tahqirlangani muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring