Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Indoneziyaga yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Indoneziyaga yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga tashrif buyurdi

Diplomat 57 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, davlatimiz rahbari huzuridagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan.

2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.

Oybek Eshonov 2018-2022-yillarda mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va "O‘zavtosanoat" AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring