O‘zbekistonning yil oxirigacha rus gazidan qancha import qilishi aytildi
Qozog‘iston joriy yil oxirigacha O‘zbekistonga 800 million kub metrga yaqin Rossiya gazini yetkazib berishni rejalashtiryapti. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi.
«Hozir biz rejimlar qanday ketayotganini ko‘ramiz, lekin kamida 800 million kub metrga yaqin gaz qo‘shni davlatga yetkazib berish mumkin bo‘lgan hajm sifatida ko‘rilyapti», – deydi Satkaliyev yil oxirigacha Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit hajmi haqidagi savolga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start bergan edi.
Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish bo‘yicha shartnoma 2023-yil iyun oyida «Gazprom» rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov tomonidan imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter