Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zganing xotini bilan yurgan uchastkavoy»ga xizmat tekshiruvi tayinlandi

«O‘zganing xotini bilan yurgan uchastkavoy»ga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchastkavoyni birovning xotini bilan ushlashdi» izohi bilan video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi

Ma’lum qilinishicha, ushbu tasvirlarda 2023 yilning 15 fevralida tungi xizmatga jalb etilgan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori J.X. aks etgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring