Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet chang-qumli bo‘ron sababini ma’lum qildi

O‘zgidromet chang-qumli bo‘ron sababini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

Mamlakatimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron xodisalari kuzatilmoqda.

Hodisaga O‘zgidromet izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida xabar berilgan.

«Sovuq front zonasida shamolning 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi.

Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi.

Ayni damda shamol tezligi 5-10 m/s va tunggi 24:00gacha prognoz qilinadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring