Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» kutilayotgan sovuq bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» kutilayotgan sovuq bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7-fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 6 fevralda 7-12 daraja iliq, 7-fevralda 10-15 daraja iliq, ba’zi joylarda 18 daraja iliqgacha bo‘ladi.

8-fevralda O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 17-20 daraja iliqgacha bo‘ladi.

9-10-fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati pasayadi. 9-fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-12 daraja sovuqgacha, Ustyurtda 15 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

7-9-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring