Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» yaqin orada ob-havo qanday o‘zgarishini ochiqladi

«O‘zgidromet» yaqin orada ob-havo qanday o‘zgarishini ochiqladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 5-8-sentyabrga ob-havo prognozi e’lon qilindi. 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 6 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 7 sentyabrda kechasi 12-17daraja, kunduzi 25-30 daraja; 8 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentyabrda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 8 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 8 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 5 va 8 sentyabrda 32-37 daraja, 6-7 sentyabrda 34-39 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring