Prezident: Abituriyentlarga yanada keng imkoniyatlar yaratiladi

Prezidentimiz ta’lim sohasida navbatdagi tashabbusini e’lon qildi. Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar uchun joriy qilingan 5 ta oliygohni tanlash imkoniyati oliy ta’limda katta qadam bo‘ldi.
— Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz, — dedi Prezident.
Yangi tartibga ko‘ra, agar abituriyent tanlagan 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmasa, ammo to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga mos kelsa, u holda shu oliygoh rektori uni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Prezident bu jarayon davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida sog‘lom raqobat rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter