Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «Amilov» qandolat fabrikasini borib ko‘rdi

Prezident «Amilov» qandolat fabrikasini borib ko‘rdi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Amilov» qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasini borib ko‘rdi.

Umumiy qiymati 62 million dollar bo‘lgan ushbu korxona poytaxtimizdagi sobiq «Lak-bo‘yoq» zavodi o‘rnida tashkil qilingan. Zavod binosi rekonstruksiya qilinib, joriy yil 5-oktyabrda ishga tushirilgan. Germaniya, Shveysariya, Italiya, Avstriya, Gollandiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Qariyb 830 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda shokolad, konfet, pechene, vafli kabi 60 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Bunday shirinliklar shu paytgacha yurtimizga asosan import qilinardi. «Amilov» fabrikasida tayyorlanayotgan qandolat mahsulotlari chet elnikiga nisbatan arzon va sifatli bo‘lgani bois ichki bozorni tez egalladi. Natijada bunday mahsulotlar importini qirq foiz qisqartirishga erishildi. Qolaversa, korxona yiliga 10 million dollarlik eksport qilishni rejalashtirgan.

Davlatimiz rahbari fabrikaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, bunday korxonalarni ko‘paytirib, raqobatni rivojlantirish, import bo‘layotgan boshqa mahsulotlarni ham mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring