Prigojin: «Biz ortga qaytamiz»
«Vagner» harbiy shirkati rahbari Yevgeniy Prigojin Moskva tomon harakat qilayotgan harbiy kolonnalar ortga qaytishini e’lon qildi.
Prigojin harbiylar «rejaga ko‘ra» dala lagerlariga ketayotganini aytdi.
«Bir kunda biz Moskvagacha 200 kilometrdan kamroq masofani bosib o‘tdik. Bu vaqt ichida jangchilarimizning bir tomchi qoni to‘kilmadi.
Endi qon to‘kilishi mumkin bo‘lgan vaqt keldi.
Shu bois, bir tomondan rus qoni to‘kilishi uchun barcha mas’uliyatni anglagan holda, kolonnalarimizni qaytarib, reja bo‘yicha qarama-qarshi yo‘nalishda dala lagerlariga ketyapmiz», — dedi u o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan kelishuvga erishganini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter