Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Baydenning so‘zlariga hazilomuz, lekin achchiqqina javob qaytardi

Putin Baydenning so‘zlariga hazilomuz, lekin achchiqqina javob qaytardi

Foto: «Radiosputnik.ria.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir kun oldin jurnalistga bergan intervyusida u haqida salbiy munosabat bildirgan amerikalik hamkasbi Jo Baydenga sog‘liq tiladi.

AQSh prezidenti AVS telekanaliga bergan intervyusida Putin Amerika saylovlariga «aralashgani» uchun javob berishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, OAV vakilining «Rossiya rahbarini «qotil» deb hisoblaysizmi?» degan savoliga Bayden tasdiqlovchi javob qaytargan.

«Biroq boshqa odamlar, boshqa davlatlar, boshqa xalqlarni baholayotganimizda doimo ko‘zgudagi aksimizga qarayotgandek bo‘lamiz. Biz doimo u yerda o‘zimizni ko‘ramiz», — deya ta’kidladi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, har bir xalq tarixida «dramatik va qonli hodisalar ko‘p bo‘lganiga» to‘xtalib o‘tdi.

«Bolalikda bir-birimiz bilan tortishib qolganimizda: «Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa», derdik. Bu bejizga emas. Bu shunchaki bolaning gapi va hazili ham emas. Bu juda chuqur ma’noga ega. Biz hamisha boshqa odamlarda o‘z xususiyatlarimizni ko‘ramiz va ularni o‘zimiz kabi odamlar deb o‘ylaymiz», — dedi Putin.

Putin yaqin kunlarda Bayden bilan jonli muloqot chog‘ida ochiqchasiga gaplashib olishni taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring