Putin finlardan uzr so‘radi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyoga va Finlandiyaga AQSh va Rossiya rahbarlari sammitini tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Putin, shuningdek, Helsinki aholisidan uchrashuv sababli yuzaga kelgan noqulayliklar tufayli uzr so‘radi.
Avvalroq Putin amerikalik hamkasbi bilan uchrashuv «muvaffaqiyatli» va «foydali» bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Sammit ishchan va ochiq ruhda o‘tgan.
Jahon matbuoti sammitni tarixiy deb baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter