Putin front chizig‘ini muzlatishga tayyor, faqat bir sharti bor...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskadagi muzokaralarda Xerson va Zaporoje viloyatlarida front chizig‘ini muzlatish taklifini bildirdi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika tomonida Donbass hududi evaziga Rossiya rahbari jangovar harakatlarni to‘xtatishga va Ukrainaning boshqa hududlarini bosib olishga urinmaslik majburiyatini olishga tayyor, degan taassurot paydo bo‘lgan.
Alyaskadagi uchrashuvda Rossiya yetakchisi Trampni, agar Rossiya qurolli kuchlari xohlasa, go‘yoki butun Donbass va janglar davom etayotgan boshqa hududlarni nazorat ostiga olishi mumkinligiga, ishontirgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Putin «frontdagi vaziyatni buzib ko‘rsatmoqda», deya e’tiroz bildirdi.
Avvalroq Tramp butun Donbassni Rossiyaniki deb tan olish tinchlik bitimiga tezroq erishishda yordam berishi mumkin, degandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter