Putin Ozarbayjon bilan munosabatlarga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, mamlakatning Ozarbayjon bilan munosabatlarida muammolar mavjud bo‘lsa-da, hammasi “o‘z joyiga tushadi”.
Putinning ta’kidlashicha, Xitoyga tashrifi chog‘ida u ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan ko‘rishgan va u bilan bir necha so‘z almashgan.
"Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda har doim mavjud vaziyatdan kelib chiqib savollar tug‘iladi. Muammolar bor. Bugun biz Prezident Aliyev va uning rafiqasi bilan salomlashdik, bir-ikki og‘iz so‘z almashdik. O‘ylaymanki, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi fundamental munosabatlar, ularning rivojlanishidan o‘zaro manfaatdorlik oxir-oqibat hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi", - dedi Vladimir Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
3-sentyabr kuni Pekindagi paraddan oldin Vladimir Putin va Ilhom Aliyev 31-avgustdan 1-sentyabrgacha Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida qatnashdi.Sammit doirasida yetakchilar boshqalar bilan bir necha ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan, biroq o‘zaro muloqot qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ozarbayjon munosabatlari dastlab AZAL samolyoti urib tushirilishi ortidan, so‘ngra Yekaterinburgda ozarbayjon diasporasi vakillari o‘limi ortidan keskinlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter