Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Putin Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ikkala davlat rahbarlari xalqaro muammolarni, KXDR va AQSh bilan munosabatlarni muhokama qilishi mumkinlagini aytgan edi.

Putin va Si Szinpin Rossiya–Xitoy mintaqaviy hamkorligi bo‘yicha davra stoli ishtirokchilari bilan ham uchrashishdi. Shuningdek, ular «Uzoq Sharq ko‘chasi» ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.

To‘rtinchi Sharq iqtisodiy forumi 11-13 sentyabr kunlari Vladivostokning Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti maydonida bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring