Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin umri davomida ko‘rgan eng chiroyli joy haqida gapirdi

Putin umri davomida ko‘rgan eng chiroyli joy haqida gapirdi

Foto: «Vesti.ru»

Sharqiy iqtisodiy forum payti faollar, jamoatchilar va tadbirkorlar bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin umri davomida o‘zi ko‘rgan eng chiroyli joy qayer ekanini tilga oldi. Putinning aytishicha, bu — Kamchatka.

«Kamchatka, axir bu bizning brilliantimiz. Boshdan-oyoq tabiat qo‘riqxonasi. Dunyoda bundan chiroylisini ko‘rmaganman», — dedi Putin.

Kamchatka manzarasi. Foto: TASS

Rossiya davlat rahbari bilan birga ko‘plab vazirlar, jamoatchilik, professional va yoshlar uyushmalaridan vakillar qatnashgan Sharqiy iqtisodiy forumda bosh mavzu Uzoq Sharqni rivojlantirish masalasi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring