Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning qizi Rossiyada import o‘rnini to‘ldirishga mas’ul bo‘ladi

Putinning qizi Rossiyada import o‘rnini to‘ldirishga mas’ul bo‘ladi

«Innopraktika» jamg‘armasi rahbari, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kichik qizi Katerina Tixonova Rossiya ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari ittifoqi qoshidagi import o‘rnini to‘ldirish kengashining hamraisi etib tayinlandi.

RBKning xabar berishicha, import o‘rnini to‘ldirish kengashi xorij ishlab chiqarish uskunalari o‘rniga mahalliy uskunalarni yaratish, import o‘rnini to‘ldirishga oid loyihalarni va qonunchilik tashabusslarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga harbiy operatsiya uyushtirganidan so‘ng AQSh, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Yaponiya mamlakatlari Katerina Tixonovaga hamda Putinning yana bir qizi Mariya Voronsovaga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.

Avvalroq Katerina Tixonova Bavariya davlat baleti badiiy rahbari Igor Zelenskiy bilan turmush qurgani oshkor qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring