Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pyotr Karimovning da’vosi bo‘yicha sud ishi to‘xtatildi

Pyotr Karimovning da’vosi bo‘yicha sud ishi to‘xtatildi

Foto: «Sputnik»

Pyotr Karimov «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga nisbatan da’vo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga qarshi ishi to‘xtatildi. Bu haqda Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari rasmiy portalidagi ma’lumotlarda qayd etilgan.

Unga ko‘ra, ish masala bo‘yicha da’vogar va javob beruvchi o‘rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli to‘xtatildi. Ushbu ish 24-oktyabrda yakunlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring