«Qamchiq» dovoni vaqtincha yopildi
Ayni vaqtda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan 206 kilometrida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida «Qamchiq» dovoni vaqtincha yopilgan.
Hozirda FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Qisqa muddatlarda dovondagi harakat qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 12 mart kuni «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 229,8 km hududida, avtomobil yo‘lidan 80-100 metr uzoqlikda tog‘ yonbag‘irliklaridan 300 ming metr/kub hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, qor massalari «Qamchiqsoy» o‘zaniga tushgani tufayli yopilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter