Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqqa olingan IIB xodimlariga oid jinoyat ishi Bosh prokuratura ish yurituviga olindi

Qamoqqa olingan IIB xodimlariga oid jinoyat ishi Bosh prokuratura ish yurituviga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Andijonda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan fuqaro A. Abdukarimov vafot etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar IIB xodimi hisbga olinganidan xabaringiz bor.

Jinoyat ishi bo‘yicha yangi tafsilot shuki, tergov jarayonida xolislik va qonuniylikni ta’minlash maqsadida «delo» Andijon shahar prokuraturasidan Bosh prokuratura ish yurituviga olingan. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishi markaziy mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishi mamlakat Bosh prokurorining shaxsiy nazoratiga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring