Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqxonalardagi mahkumlarga ham davlat xizmatlari ko‘rsatiladi – loyiha

Qamoqxonalardagi mahkumlarga ham davlat xizmatlari ko‘rsatiladi – loyiha

Ichki ishlar vazirining Jazoni ijro etish muassasalari (JIEM)ning ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritishga oid buyrug‘i loyihasiga ko‘ra, kelgusida qamoqxonalardagi mahkumlarga ham davlat xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, jazoni ijro etish tizimini faoliyatini raqamlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish orqali, mahkumlarning huquqlari ta’minlanishini xalqaro huquqqa bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.

Bunda mahkumlarning elektron davlat xizmatlari, shu jumladan, notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.

Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring