Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshilik 20 yoshli askarning Toshkentdan jasadi qaytdi

Qarshilik 20 yoshli askarning Toshkentdan jasadi qaytdi

Joriy yilning 12 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmat o‘tayotgan yigit halok bo‘ldi. Bu haqda «Millar» dasturida  xabar berildi

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Xudoyzor» mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan harbiy xizmatchi 2022 yilning may oyida Toshkent viloyati Zangiota tumaniga harbiy xizmatga ketgan.

Marhum yigitning uydagilariga 11 yanvar kuni kechki soat 17:30 larda harbiy qismdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, o‘g‘li ehtiyotsizlik sabab o‘zini otib qo‘yganligini aytgan.

Marhumning xolasi jasad ekspertizaga berilmaganligi, jasadda esa turli tan-jarohat izlari borligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jiyanining ikkita tishi singan, qoshining tepasi ham musht ta’sirida yorilgan holatda bo‘lgan.

Bosh prokuratura holatga munosabat bildirib, hozirda Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishturuv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring