Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zador fermerlarga majburan suv ichirgani aytilmoqda
![Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zador fermerlarga majburan suv ichirgani aytilmoqda](https://xabar.uz/static/crop/4/2/920__95_4268685457.png)
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zadorlarni ro‘zasini ochishga majburlagani aytilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida yozmoqda.
Abdurahmon Tashanovning yozishicha, 31 mart kuni soat 15 larda majlis chaqirgan Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev qishloq xo‘jaligidagi muammolar haqida juda g‘azab bilan gapirgan. Shundan so‘ng xodimlarga majlisda «Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar. Ishni kim qiladi?», deb suv keltirishni buyurgan.
Ushbu vaziyatga tuman hokimligi hali izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter