Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, nizomda vazirlikning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi belgilandi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi huquqiy asosi belgilab berildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza kilish kabi maqsadlarga sarflanadi.

Qaror bilan, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoiysi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ko‘krak nishoni bilan faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring