Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qochqinlar lageriga hujumdan keyin HAMAS har qanday muzokaralardan bosh tortdi

Qochqinlar lageriga hujumdan keyin HAMAS har qanday muzokaralardan bosh tortdi

HAMAS vositachilarga Isroilning yakshanba kungi Rafahga hujumidan keyin o‘t ochishni to‘xtatish yoki asirlarni almashish bo‘yicha hech qanday muzokaralarda qatnashmasligini aytdi. Bu haqda Sinxua agentligiga harakatdagi manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Manbaning aytishicha, HAMAS bu qarorga Isroil armiyasining Rafah shahrida tinch aholi chodirlarini o‘qqa tutgani, o‘nlab odamlarning o‘limi va yaralangani sabab kelgan.

O‘z navbatida, HAMAS rahbariyati Misr yoki Qatardagi vositachilardan muzokaralar tiklanishi haqida hech qanday rasmiy bildirishnoma olmagan.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba, 26-may kuni kechqurun Isroilning Rafah shimoli-g‘arbidagi tinch aholi chodirlarini bombalashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi va yana bir necha kishi yaralandi. Xabar qilinishicha, Isroil kuchlari BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi tashkiloti omborlari yaqinidagi minglab ko‘chirilgan odamlar bilan gavjum yangi tashkil etilgan lagerdagi chodirlarni sakkizta raketa bilan o‘qqa tutgan.

Ushbu hujumdan so‘ng Isroil bosh vaziri Netanyahu zarba «fojiali baxtsiz hodisa» ekanligini, ammo bu urushni tugatish uchun asos bo‘lmasligini aytdi.

BMT Xavfsizlik Kengashi esa Isroilning Rafahdagi lagerga bergan zarbasi munosabati bilan bugun, 28-may kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring