Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonlik «pulfurush»ning uyidan qalbaki 315,5 mln so‘m va 120 ming AQSh dollari chiqdi

Qo‘qonlik «pulfurush»ning uyidan qalbaki 315,5 mln so‘m va 120 ming AQSh dollari chiqdi

Foto: DXX

Qo‘qonda qalbaki pul sotuvchisi qo‘lga olindi. DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritish bilan shug‘ullanayotganligini aniqlashgan.

Bosh prokuratura huzuridagi dyepartamentning Qo‘qon shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs (2003-y.t.) 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pulni «shartli xaridor»ga haqiqiy 8 mln so‘mga sotayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda jami 120 ming AQSh dollari miqdoridagi qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralari topilib, tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

Soxta pullar sotuvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu qalbaki pullarni unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring