Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan o‘tuvchi magistral gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan o‘tuvchi magistral gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan o‘tuvchi Buxoro – Ural magistral gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 4 iyun kuni soat 19:15 da Buxoro – Ural magistral gaz quvurining 464 kilometridan ulangan, 1982 yilda foydalanishga topshirilgan «Nukus-2» GTSga boruvchi 530 mm diametrli tarmoq gaz quvurining 2,3 kilometrida gaz sizib chiqishi tufayli yong‘in yuz berdi. Soat 19:30 da kranlar to‘liq yopilib, yong‘in bartaraf qilingan.

Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga soat 19:45 da «Urganchtransgaz» unitar korxonasi tasarrufidagi Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Xo‘jayli sanoat maydonchasining 15 nafar xodimi va 5 ta maxsus texnikadan iborat avariya-tiklash guruhi yetib borgan.

Avariya-tiklash ishlari davomida «Nukus-2» GTSdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarga «Sho‘rko‘l» GTSi bilan ulangan halqali gaz tarmog‘i orqali tabiiy gaz yetkazib berilib, faqat «Hududgazta’minot» AJga qarashli AGTKShlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Gaz sizib chiqish natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida D-530 mm bo‘lgan yuqori bosimli gaz quvurining yaroqsiz holga kelgan 10 metr uzunlikdagi qismi to‘liq almashtirilgan.

Energetika vazirligining ta’kidlashicha, avariya-tiklash ishlari bugun soat 10:30 da yakunlangan. Soat 11:00 dan e’tiboran barcha iste’molchilarga tabiiy gaz to‘liq yetkazib berila boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring