«Qo‘yliq» bozori hududi olib qo‘yiladi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 22 iyunda imzolagan qarori bilan «Qo‘yliq» dehqon bozori va «Qo‘yliq» universal savdo majmuasi ob’yektlari joylashgan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi maxsus farmoyishi bilan «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi Toshkent halqa avtomobil yo‘liga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlar qurish taklifiga rozilik berilgan.
Shu maqsadda Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan quyidagi ko‘chmas mulk ob’yektlariga o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berilganidan so‘ng, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat berilgan.
Avvalroq «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chirilishi haqida Toshkent shahar hokimligi xabar bergandi.
So‘ng bozorchilar yo‘lni to‘sib qo‘ygach, «Qo‘yliq» bozori direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodirjon Normirzayevga ko‘ra, bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter